O‘zbekiston kubogi. Barcha yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Kecha "Qo‘qon-1912" "Qizilqum"ni engib, "Paxtakor" esa "Lokomotiv" ustidan g‘alaba qozonib yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.

Tecno

Bugun esa Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi "Bunyodkor" klubi safarda "Andijon"ni 2:1 hisobida engib, billur sovrin uchun kurashni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kunning so‘nggi o‘yini esa Olmaliqda kechdi va mahalliy AGMK klubi qo‘shimcha bo‘limlarda "Mash’al"ni engib, yarif finalga chiqi.

Shu tariqa, final yo‘llanmasi uchun kurashadigan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

- "Paxtakor" (Toshkent)

- "Qo‘qon-1912" (Qo‘qon)

- "Bunyodkor" (Toshkent)

- AGMK (Olmaliq)

Eslatib o‘tamiz, yarim final juftliklari “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladigan “Gol” ko‘rsatuvi vaqtida tashlanadigan qur’a orqali aniqlab olinadi. Ko‘rsatuv ertaga — 20 sentyabr kuni 19:40 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!