O‘zbekiston kubogi. Chorak va yarim final o‘yinlarining boshlanish vaqtlari ma’lum

CHERY AUTO

 

Tecno

Futzal bo‘yicha XXI O‘zbekiston kubogining guruh bellashuvlari 2016 yilning 21-23 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan edi. Kubokning chorak va yarim final uchrashuvlari esa shu yilning 23 va 24 mart kunlari Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘tkaziladi. 23 martda 1/4 finaldan o‘rin olgan to‘rt o‘yin, 24 martda esa 1/2 final bahslari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Chorak finalning birinchi juftligi g‘olibi yarim finalda to‘rtinchi juftlikka qarshi, ikkinchi juftlik esa uchinchi juftlikda ustun kelgan klubga qarshi to‘p tepadi. Quyida chorak va yarim final bahslarining boshlanish vaqtini keltirib o‘tamiz.

O‘zbekiston kubogi

Chorak final, 23.03.2017

1. 11:00. "Metallurg" - "Kogon"

2. 13:00. "Do‘stlik-AIN" - "Bunyodkor"

3. 15:00. "Olmaliq" - O‘zDTV

4. 17:00. "Ardus" - O‘zsanoatqurilishbank

Yarim final, 24.03.2017

1. 16:00. ChF1 g‘olibi - ChF4 g‘olibi

2. 18:00. ChF2 g‘olibi - ChF3 g‘olibi

Eslatib o‘tamiz, mamlakat kubogining amaldagi g‘olibi Toshkentning "Ardus" jamoasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!