O‘zbekiston o‘smirlar termasi Development Cup–2017 turniri g‘olibiga aylandi

  • 22 aprel, 2017, 20:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Armaniston poytaxti Erevan shahrida bo‘lib o‘tgan Development Cup–2017 xalqaro turniri g‘olibiga aylandi.

O‘zbekiston o‘smirlar termasi bugun, 22 aprel kuni Kirp U-15 futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchilar 3:2 hisobida zafar quchdi.

O‘zbekiston o‘smirlar termasi safida gollarga Jasurbek Jaloliddinov, Igor Chirkizov va Temur Masasiddiqov mualliflik qildi. Parallel ravishda bo‘lib o‘tgan o‘yinda Makedoniya o‘smirlari musobaqa mezboni – Armanistonni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, Dilshod Nuraliev shogirdlari dastlabki o‘yinda Makedoniyani 2:1 hisobida, keyin esa Armanistonni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, O‘zbekiston U-15 termasi 100 foizlik natija bilan turnir g‘olibiga aylandi.

Kipr U-15 termasi 7 ochko bilan ikkinchi, Makedoniya U-15 esa 1 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Mezbon Armaniston o‘smirlar termasi esa barcha o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchradi va ochko jamg‘ara olmadi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston o‘smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Development Cup–2017
Armaniston, Erevan
22 aprel, shanba

O‘zbekiston U-15 — Kipr U-15 – 3:2

Gollar: Jasurbek Jaloliddinov (34’), Igor Chirkizov (44’), Temur Mamasiddiqov (79’) – Nikolaos Neokleos (2 ta)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!