
O‘zbekiston parlimpiya assotsiatsiyasi Toshkent shahrida musobaqa tashkil etdi
O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi joriy yilning dekabr oyida “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlab Toshkent shahridagi maxsus maktab- internatlarida paralimpiya sportini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator sport musobaqalarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasi xabar tarqatmoqda.
Jumladan 12 dekabr kuni Toshkent shaxridagi 101-sonli maxsus maktab- internatida shashka, armrestling va stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 100dan ortiq bolalar ishtirok etdilar.
Tadbir so‘ngida Assotsiatsiya tomonidan barcha ishtirokchilarga estalik sovg‘alari topshirildi.
Fikrlar