
“O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi”ning saylov konferentsiyasi o‘tkazildi
Unda, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisii Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan bir qator mutasaddi hodimlar ishtirok etdi.
– Bugungi kunda talabalarimizni sportga jalb qilish masalasini ham alohida ko‘rib chiqyapmiz. Bundan buyon talabalar o‘rtasida jamoaviy sport tularini rivojlantirishimiz kerak. Respublikamizda 80 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari mavjud. Endi ular o‘rtasida turli musobaqalar tashkil qilamiz. Yaxshi bilamiz, mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida sport bilan shug‘ullanish uchun yaxshi sharoitlar bor. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, u erda tayyor bazalar mavjud. Talabalar ichidan ham kuchli sportchilarni saralab olishimiz kerak, – dedi Umid Ahmadjonov.
Shuningdek, yangi taqvim-reja ishlab chiqib, qiziqarli va ommabop musobaqalar yangi yo‘nalishda tashkil qilish kerak. Bunday turnirlar talabalarning o‘zi uchun ham juda qiziq bo‘ladi deb o‘ylayman. Maqsadimiz barcha talabalarni sportga jalb qilib olish. Ular o‘qishdan bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanishini ta’minlashdir.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotib Jasur Matchanov konferentsiya kun tartibi bilan tanishtirib o‘tdi.
Hisobot saylov-konferentsiyasida bungacha faoliyat olib borgan “Barkamol avlod” sport jamiyati hamda “Talaba” sport assotsiatsiyasi negizida yangi “O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi” tashkil qilish taklifi berildi. Mazkur taklif yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Yangi Assotsiatsiya raisi lavozimiga O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Urishevich Majidov nomzodi taklif etildi. Konfrentsiyada yig‘ilganlar bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatladi. Bosh kotib lavozimiga esa O‘zbekiston "Barkamol avlod" sport jamiyati Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Ibragimovich Qodirov saylandi.
Assotsiatsiya rais o‘rinbosarlariga O‘zbekiston sport fahriylari kengashi raisi, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, Sport fahriylari kengashi raisi maslahatchisi Rashid Qodirov, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri Aleksandr Istominlar tayinlandi.
Konferentsiyada shuningdek, Assotsiatsiya Ijroiya qo‘mitasi va uning nizomi ham tasdiqlandi.
Endi mamlakatimizda tashkil qilinadigan uch bosqichli sport o‘yinlari boshqacha yo‘nalishda, yangi o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida “O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi”ning saylov konferentsiyasi o‘tkazildi.
– Umid qilamizki, “O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi” mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sportni yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi, deydi MOQ bosh kotibi Jasur Matjonov. – Yangi tashkil qilingan assotsiatsiya assosan sportning o‘yin turlariga e’tibor qaratibgina qolmay, talabalarning boshqa sport turlariga bo‘lgan qiziqishini inobatga olib, ularning sport bilan shug‘ullanishini tahminlaydi. Bu esa talabalarning bosh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qatta yordam beradi.
Sports.uz
Fikrlar