O‘zbekiston terma jamoasining Rossiyaga boradigan tarkibi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 24-31 avgust kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bir haftalik yig‘in o‘tkazadi. Bu haqda oldin xabar bergan edik. Vakillarimiz u erda Rossiyaning "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" jamoalariga qarshi ikkitadan o‘yin o‘tkazadi. Bahodir Amedov xorij yig‘iniga 16 nafar futzalchini jalb etdi. Quyida terma jamoa delegatsiyasining Rossiyaga boradigan tarkibini e’tiboringizga havola etamiz.


Bo‘lajak yig‘in O‘zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tadigan 2017 yilgi Osiyo o‘yinlari va futzal bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Ma’lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o‘yinlari shu yilning 17–27 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Fikrlar