O‘zbekiston termasini boshqarishi mumkin bo‘lgan mutaxassis Saudiya Arabistoniga ketdi

50 yoshli mutaxassis Jiddaning "Al-Ittihod" jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. "Yo‘lbarslar" Saudiya Arabistoni Pro-ligasida dastlabki 4 turdan so‘ng 15-pog‘onada borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Slaven Bilich O‘FA O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod sifatida keltirilgan edi, ammo yakunda terma jamoamiz boshqaruviga Ektor Kuper kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!