O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun Xorvatiyaga jo‘nab ketdi

  • 16 oktabr, 2017, 15:29
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

18-22 oktyabr kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli dzyudochilari o‘zaro kurash olib borishadi. Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 14 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Demak, Zagreb arenalarida quyidagi dzyudochilarimiz vatanimiz sharafini himoya qilishadi:

Tecno

-55 kg. Manuchexr Shirinov,

-60 kg. Behruz Amandavlatov,

-66 kg. Artem Shturbabin,

-73 kg. Sardor Karimov,

-73 kg. Muso Sobirov,

-81 kg. Davlat Bobonov,

-90 kg. Shermuhammad Jandriev,

-90 kg. Muhammadkarim Xurramov,

-100 kg. Artem Bagdasarov,

+100 kg. Alisher Yusupov.

Shuningdek, jahon chempionatida to‘rt nafar qizimiz ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bular:

-44 kg. Gulnur Muratbaeva,

-48 kg. Diyora Keldiyorova,

-57 kg. Sanobar Sultonova,

-63 kg. Xojinisa Kamoliddinova.

Terma jamoamiz murabbiylar shtabidan Iskandar Rasulov, Lochin Toshaliev va Nellya Kiyamovalar o‘rin olishgan. Bugun erta tongda terma jamoamiz a’zolari poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportdan Zagreb safariga jo‘nab ketishdi. Biz jahon chempionatida yosh dzyudochilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz. Bahslarni ippon.org sayti orqali onlayn tarzda kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!