
O‘zbekiston – Livan uchrashuvi "Sport" telekanali orqali translyatsiya qilinmaydi
Mazkur uchrashuv Avstraliyaning Brisben shahridagi "SBUS Super Stadium"da bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda aynan Avstraliyada bo‘lib turgan sharhlovchi Xayrulla Hamidov "Instagram Stories" orqali jonli efirga chiqdi va mazkur bellashuv MTRK "Sport" orqali translyatsiya qilinmasligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu bellashuv YouTube videoxostingi orqali jonli efirga berilishi, uni aynan Hamidovning o‘zi sharhlashi oydinlashdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston - Livan o‘rtoqlik o‘yini 15 noyabr kuni Brisben vaqti bilan soat 20:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 15:00 da start oladi.
Fikrlar