
O‘zbekistonga kelayotgan Kuperning Misr terma jamoasidagi o‘rnini yangi murabbiy egalladi
Misr terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Unga ko‘ra misrliklarni endi meksikalik mutaxassis Xaver Agirre boshqarib boradi.
Ta’kidlash kerakki, Agirre ushbu lavozimda Misr terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan va O‘zbekiston terma jamoasida ish boshlashga yaqin turgan argentinalik mutaxassis Ektor Kuperning o‘rnini egalladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra 59 yoshli mutaxassisning Misr termasidagi oylik maoshi 120 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Agirre faoliyati davomida «Atletiko», «Saragosa», «Espanol» klublarida, shuningdek Meksika va Yaponiya terma jamoalarida ishlagan.
Fikrlar