O‘zbekistonlik futzalchi klublar o‘rtasidagi OChni o‘tkazib yuboradi

  • 14 iyul, 2017, 15:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

20-30 iyul kunlari Vetnamda futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Bu yil ham mamlakatimiz nomidan amaldagi chempion "Olmaliq" ishtirok etadi.

O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, olmaliqliklarning asosiy o‘yinchilaridan biri Andrey Shlema musobaqani o‘tkazib yuboradi. Shlema o‘ng oyog‘ini sindirib olgan edi va jarohat hali bitib ulgurmadi. Klub shifokorining so‘zlariga ko‘ra, Andrey milliy chempionatimizning yangi mavsumi boshlangunga qadar safga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, "Olmaliq" musobaqaning "D" guruhida "Chonburi Blyuveyv" (Tailand) va "Bank Beyrut" (Livan) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!