O‘zbekistonlik hakam Rossiya - Braziliya uchrashuvini boshqaradigan bo‘ldi

  • 10.11.2018 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Hamyurtimiz Baxtiyor Namozov BAAda bo‘lib o‘tayotgan Plyaj futboli bo‘yicha "Dubai Cup" Xalqaro musobaqasidan taklif olgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.  Namozov shu kungacha Braziliya - Ispaniya (5:2), Taiti - Eron (2:4), Misr - Ispaniya (7:6) uchrashuvini boshqardi. 
 
O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Baxtiyor Namozov bugun musobaqaning yarim finalidan o‘rin olgan Rossiya - Braziliya uchrashuvida ishlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. 
 
Eslatib o‘tamiz,  "Dubai Cup" Xalqaro musobaqasida Braziliya, BAA, Misr, Eron, Rossiya, Taiti, AQSh, Ispaniya kabi terma jamoalar qatnashishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!