O‘zbekistonlik yakkakurashchi Maksim Kuldashev 30 mart kuni ringga chiqadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik muay taychi va yakkakurash jang san’atlari ustasi Maksim Kuldashev o‘zining navbatdagi jangini 30 mart kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazadi.

Aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha “M-1 Challenge 90” xalqaro turnirida Maksim Kuldashev (2-0) frantsiyalik Damen Pelte (8-8-1) bilan kuch sinashadi. Jang 65,8 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.

Kechaning asosiy jangi tashkilotning yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamari uchun kechadi. Unda Aleksandr Butenko (45-12-3) va titulning engilmas sohibi Aleksey Kunchenko (17-0) o‘zaro bellashadi.

Kechada jami 9 ta professional jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Maksim Kuldashev o‘tgan yil so‘nggida “Doroga v Kitay 5” Gran-pri turnirida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning chempionlik kamari sohibiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!