O‘zil JCh-2018 finalida qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynamoqchi?

  • 15 iyun, 2018, 16:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil JCh-2018 finalida Angliya terma jamoasiga qarshi o‘ynash istagi  borligi haqida aytib o‘tdi.

“Angliya terma jamoasi saralash bosqichida u qadar jiddiy qarshilikka duch kelishmadi va shu bois ular jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun etarli vaqtga ega bo‘lishdi. Ularning finalgacha borishiga ishonaman.

Germaniya amaldagi jahon chempioni hisoblanadi va ushbu musobaqada yana bir bor chempion bo‘lsak, bu ajoyib ish bo‘lar edi. Maxlislar ham bizdan faqat chempionlikni kutishmoqda. Mening orzuim jahon chempionati finalida Angliya bilan o‘ynash va asosiy vaqtda g‘alaba qozonish”, - deydi O‘zil.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!