O‘zil Kantonadan ham o‘zib ketdi

  • 11 mart, 2018, 20:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil Angliya Premer-ligasi 30-turidan o‘rin olgan “Uotford” jamoasiga qarshi bahsda Shkodan Mustafi tomonidan kiritilgan golga assistentlik qildi.

Bu germaniyalik futbolchining APL o‘yinlarida amalga oshirgan 50-golli uzatmasi bo‘ldi. Unga buncha golga assistentlik qilish uchun 141 ta o‘yin etarli bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zil APLda 50 ta golli uzatmani eng tez amalga oshirgan futbolchiga aylandi. Bundan oldingi rekord “Lids Yunayted” va “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Erik Kantonaga tegishli edi – 143 ta o‘yin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!