
O‘zil Yoaxim Lyov bilan uchrashishdan bosh tortdi
“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov bilan suhbat qilishdan bosh tortgan, deya xabar beradi Bild nashri.
Bundestim ustozi shaxsan o‘zi Londonga kelib, “to‘pchilar”ning mashg‘ulotlar bazasiga tashrif buyurgan, ammo O‘zil rad javobini bergan. Lev uning Per Mertesaker, Bernd Leno va Shkodran Mustafi bilan gaplashgan.
O‘zil Germaniya terma jamoasida 2009-2018 yillarda to‘p surgan. Bundestim bilan JCh-2014da zafar quchgan. Rossiyadagi JCh-2018 turniridan so‘ng milliy termadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Uning so‘ziga ko‘ra, bunga irqchilik bog‘liq gap-so‘zlar sabab bo‘lgan.
Fikrlar