
PSJ 1960 yilda "Tottenxem" tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi
Xabaringiz bor PSJ kecha Frantsiya chempionatining 11-turida safarda “Marsel”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, parijliklar shu tariqa top-5 chempionatlari tarixida bu borada 1960 yil “Tottenxem” tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorlashdi. O‘shanda “shporlar” ham Angliya chempionatining dastlabki 11ta turining barchasida g‘alaba qozonishgan edi.
Ta’kidlash lozimki, PSJning chempionatdagi navbatdagi g‘alabasi ularni bu borada yaqqol rekordchiga aylantiradi.
Fikrlar