PSJ Neymarni qanchaga sotmoqchi?

  • 6 iyun, 2018, 21:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning amaldagi chempioni PSJ klubi “Real”ga braziliyalik hujumchisi Neymarning narxini e’lon qildi.

Tecno

Biroq, berilgan ma’lumotlarga ko‘ra parijliklar Neymarni imkon qadar o‘z saflarida saqlab qolishga harakat qilishadi. Ammo, uni “Santyago Bernabeu”ga sotishga to‘g‘ri kelgan taqdirda, PSJ Neymar uchun “qirollik klubi”dan 300 mln evro talab qiladi.

Lekin, “Real” PSJga Marko Asensioni berishga rozi bo‘lsa, ushbu summa 100 mln evrogacha kamaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli braziliyalik futbolchi PSJ safiga o‘tgan yoz “Barselona”dan 222 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!