PSJning uch nafar a’zosi Frantsiya chempionatida yil futbolchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda

  • 27 aprel, 2018, 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning oliy divizioni hisoblangan  Liga 1 mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ushbu ro‘yxatdan joy olgan to‘rt nafar futbolchidan uchtasi PSJ a’zolari hisoblanadi. Jumladan, Edinson Kavani, Kilian Mbappe va Neymar ushbu sovringa da’vogarlik qilmoqda. Nomzodlar orasida faqatgina "Marsel" yarim himoyachisi Florian Toven parijliklarning uch nafar futbolchisiga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ushbu sovrin o‘tgan mavsum Edinson Kavaniga nasib etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!