Paradzyudo: O‘zbekiston Jaxon kubogida etti medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

 

Tecno

Paradzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi 20−23 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Jaxon kubogida ettita medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtlarimiz bitta oltin, to‘rtta kumush va bitta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan baxslarda Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Sherzod Namozov (-60 kg) oltin medal, Shirin Sharipov (+100 kg), Feruz Sayidov (-73 kg), Nurbek Mirzaev (-81 kg) kumush medal va O‘tkir Nig‘matov (-66 kg) bronza medal sohiblariga aylanishdi.

Feruzaxon Yusupova (+70 kg) finalda Janubiy Koreya vakili Park Xayongga imkoniyatni boy berib, musobaqa vitse-chempioniga aylandi. Sevinch Salaeva (-52 kg) ozarbayjonlik Sevda Valievadan mag‘lubiyatga uchrab, bronza medali bilan cheklandi. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jamoaviy baxslarda jamoalarimiz ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Mazkur nufuzli musobaqada 35ta davlattan 224 dunyoning eng kuchli paralimpiya sportchisi ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!