"Paxtakor" 18-bor sovrindorlar qatorida

  • 28.11.2017 16:32
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" O‘zbekistonda eng sovrindor jamoa qatorida qolmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Milliy chempionat va O‘zbekiston Kubogida "Paxtakor" eng ko‘p muvaffaqiyatga erishgan klub sanaladi. Chempionatimizda birinchi chempionlardan hisoblangan "Paxtakor" hozirgacha 11 marta oltin medallarga ega chiqqan. 2002-07 yillar oralig‘ida ketma-ket 6 marta g‘oliblik qo‘lga kiritilgan.

Kumush medallar 5 bor qo‘lga kiritilgan bo‘lsa (1993, 2001, 2008, 2009, 2010), bronza medallari soni ikkitaga etdi (2011 va 2017 yil).

Chempionatlardagi eng yomon ko‘rsatkich 1994 yil qayd etilgan. O‘shanda jamoa 8-pog‘onadan o‘rin olgan.

Shu o‘rinda kubokdagi g‘alabalarni ta’kidlab o‘tish mumkin. "Paxtakor" bu borada ham etakchi hisoblanadi. Klub O‘zbekiston Kubogida xuddi oliy ligadagi kabi 11 marta g‘olib chiqqan.

"Paxtakor" 18-marta O‘zbekiston chempionatida sovrindorlar qatoridan joy oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!