Pentek: "Milan"ni EChLga qaytarish uchun qo‘limdan kelganini qilaman

  • 24 yanvar, 2019, 18:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Men har bir o‘yinda gol kiritishni istayman. Men doimo bu erda bo‘lib qolish haqida orzu qilganman, bu juda ajoyib. Umid qilamanki, o‘z mahoratimni ko‘rsata olaman. "Milan"ni EChLna qaytarish uchun qo‘limdan kelganini qilaman.

Bu holat kutilmagan bo‘ldi. Men hech qachon 13 ta gol kiritganimdan so‘ng "Milan" kabi jamoadan bunday taklif bo‘lishini sira kutmagan edim, ammo bu futbol. Menda sheriklar borasida muammolar bo‘lmagan va umid qilamanki, ko‘plab o‘yinlarda g‘alaba qozona olamiz", - dedi polshalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli forvard joriy yilgi mavsumda Italiya A Seriyasida 19 bahsda maydonga tushdi va 13 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!