Pepsi Superliga-2018: 11-tur ramziy terma jamoasi (Foto)
Xabaringiz bor, 10-12 may kunlari Pepsi Superliga 11-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarning natijalari bilan saytimiz orqali tanishib borgansiz, albatta.
Biz endi mazkur bahslarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.
Quyida SPORTS.uz talqini bo‘yicha o‘n birinchi tur ramziy terma jamoasi bilan tanishishingiz mumkin:
Darvozabon: Botirali Ergashev “Navbahor”.
Himoyachilar: A’zam Aliev “Navbahor”, Aleg Zoteev “Lokomotiv”, Vladimir Bubantya AGMK, G‘iyosjon Komilov “Qo‘qon-1912”
Yarim himoyachilar: Jovlon Ibrohimov “Bunyodkor”, Arslonmurot Omonov “Buxoro”, Sardor Mirzaev “Lokomotiv”, Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”,
Hujumchilar: Ismoil Gonsalvesh “Paxtakor”, Filip Raevats “Bunyodkor”

Fikrlar