Pepsi Superliga-2018: 13-tur ramziy terma jamoasi (Foto)
Xabaringiz bor, 25-26 may kunlari Pepsi Superliga 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarning natijalari bilan saytimiz orqali tanishib borgansiz, albatta.
Biz mazkur bahslarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.
Quyida SPORTS.uz talqini bo‘yicha o‘n uchinchi tur ramziy terma jamoasi bilan tanishishingiz mumkin:
Darvozabon: Murod Zuhurov “Bunyodkor”
Himoyachilar: San’at Shixov “Buxoro”, Darko Stanoevich “Navbahor”, Marko Simich “Paxtakor”
Yarim himoyachilar: Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912”, Shavkat Salomov “Buxoro”, Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”, Doniyor Hasanov “So‘g‘diyona”
Hujumchilar: Tiago Bezerra “Paxtakor”, Zohid Abdullaev “Metallurg”, Elguja Grigalashvili “Qizilqum”


Fikrlar