Pepsi Superliga: “Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvi prevyusi
Pepsi Superliganing 15-tur uchrashuvida Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyun seshanba kuni Bekobod shahridagi “Metallurg” markaziy stadionda soat 19:11da boshlanadi.
Ushbu jamoalar bu safar o‘zaro 42-uchrashuvda maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv “Nasaf” jamoasining milliy chempionatdagi 632-uchrashuvi bo‘ladi.
Pepsi Superliga. 15-tur
“METALLURG” – “NASAF”
12.06.2018. “Metallurg” markaziy stadioni. 19:11da
Bosh hakam: Hasan Ro‘ziev (Toshkent)
Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Kristina Sereda (ikkisi ham Buxorodan)
Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Ma’mur Saidqosimov.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur jamoalar milliy chempionatda ilk marta 1998 yili tuqnash kelishgan. O‘zaro uchrashuvlarning statistikasiga e’tibor qaratsak, jamoalar milliy chempionatda o‘zaro 41 marta tuqnash kelishgan. Bo‘lib o‘tgan 10 o‘yinda “Metallurg” jamoasining qo‘li baland kelgan. 26 uchrashuvda “Nasaf” g‘alabaga erishgan. 5 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha “Nasaf” futbolchilari ustunlikni o‘z qo‘llarida ushlab turishibdi – 32:70.
Bu jamoalarning o‘tkazilgan to‘rt uchrashuvida “ajdarlar” yirik hisobda zafar quchishgan. Eng yirik natija 2004 yil 15 martda Qarshida kechgan bahsda qayd etilgan. Unda “Nasaf” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz ettita to‘p yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan. Bu yilgi Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘zaro uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynashgan.
Bekobodda o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarga oid
Bekobodda bo‘lib o‘tgan 20 uchrashuvning 9tasida ma’danchilar g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 8tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. 3 uchrashuvda durang qayd etilgan. Demak, Bekobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda maydon egalari kichik ustunlikka ega. Bekobod shahrida bo‘ladigan navbatdagi uchrashuv, jamoalarning o‘zaro 21-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.
Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5ta uchrashuv natijalari:
26.05.2017. 12-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 1:0
16.05.2016. 9-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 1:0
30.09.2015. 24-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 0:1
12.09.2014. 22-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 0:2
29.09.2013. 24-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 2:1
Ko‘rib turganingizdek, “Nasaf” Bekobodda “Metallurg”ni so‘nggi bor 2015 yilgi chempionatda mag‘lub etgan.
Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari
“Metallurg” - “Nasaf” yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv 11 may dushanba kuni “Metallurg” stadionida soat 17:45da boshlanadi. Jamoalarning asosiy tarkiblari o‘rtasidagi uchrashuv esa, 12 may seshanba kuni “Metallurg” markaziy stadionda soat 19:11da boshlanadi.

Fikrlar