
Pepsi Superliga. "Paxtakor" o‘z maydonida "Metallurg"ni "sezmay o‘tdi"
Hozirgina Toshkentda Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda “Metallurg” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Gollarga boy kechgan qiziqarli o‘yinda Tiago Bezerra (24') va Ismoil Gonsalveshlarning (88', 90+3') kiritgan gollari “sherlar”ga 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani taqdim etdi.
Pepsi Superliga 18-tur.
"Paxtakor" - "Metallurg" 3:0 (1:0)
Gollar: Tiago Bezerra 24', Ismoil Gonsalvesh 88', 90+3'
23 iyul. Toshkent. 6122 tomoshabin.
Hakamlar: O.To‘ychiboev, Sh.A’zamov, M.Nexochin, E.Tursunov.
Nazoratchi: K.Smirnov.
Komissar: B.Mirzaev.
"Paxtakor": Suyunov, Kozak (Sayfiev, 74), A’zamov, Krimets, Shorahmedov, Ahmedov, Rahmatullaev, Masharipov (Gonsalvesh, 85), Yaxshiboev, Cheran (Iskanderov, 64), Bezerra.
"Metallurg": Safoev, Jo‘raboev (Husinov, 68), Toshqo‘ziev, Hasanov, Umirov, Hoshimov (Shaymanov, 62), Shipilov, Fayziev, Isaev (Abdullaev, 78), Pardaev, Zokirov.
Fikrlar