Peres "Real"da Xamesga yana bir imkon bermoqchi

  • 28 dekabr, 2018, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi ikki mavsumni "Bavariya" safida ijarada o‘tkazayotgan Xames Rodriges yana "Real"ga qaytish istagini bildirmoqda.

Tecno

El Confidencial nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi bu haqda “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresga ma’lum qilgan. O‘z navbatida Peres ham unga yana bir imkon berishga va "Santyago Bernabeu"ga qaytarishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Xamesning ijara muddati mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Biroq, o‘rtadagi kelishuvga ko‘ra “Bavariya” uning transferini 42 mln evroga sotib olish huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum myunxenliklar safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!