Peres yozda transfer bozorini "portlatmoqchi"

  • 27 dekabr, 2018, 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres yozda transfer bozorini “portlatmoqchi”.

Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” mavsumlar oralig‘ida 5ta yirik transferni amalga oshiradi. Madridliklarning bu boradagi birinchi maqsadi PSJ etakchilaridan biri – Neymar yoki Mbappeni sotib olish.

Peres “Real”ga markaziy va chap qanot himoyachisi, shuningdek markaziy yarim himoyachi hamda to‘purar hujumchi olib kelmoqchi. Bu borada ularning short-listida Milan Shkrinyar ("Inter"), Matteys de Ligt ("Ayaks"), David Alaba ("Bavariya"), Adrian Rabo (PSJ), Kristian Eriksen ("Tottenxem"), Frenki de Yong ("Ayaks") va Xarri Keyn ("Tottenxem") kabi futbolchilar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
27/12/2018 13:34
Рабьо билан де йонг барсага утиш режалаштирилган эдику