
Peti: Obameyang va Lyakazett ikkisi 50 tagacha gol urishi mumkin
“Arsenal” jamoasining sobiq yarim himoyachisi Emmanyuel Peti London klubining muammolari haqida so‘zlab berdi. “To‘pchilar” APLning dastlabki 4 o‘yinida 2 ta g‘alabaga erishdi.
“Obameyang va Lyakazett ikkisi APLning bir mavsumida 40 tadan 50 tagacha gol urishi mumkin, agar aksariyat o‘yinlarni asosiy tarkibda boshlasa. Lekin bu ikkisi ham “Arsenal”ning turnir jadvalida yuqori uchlikka kirishida yordam bera olmasligi mumkin, agar himoyadagi muammolarni bartaraf qilmasa.
“Arsenal” bolalar kabi xatolar qilib, ularni kerakli ravishda o‘rganmayapti. Lekin umid qilamanki, jamoa kelayotgan haftalarda yanada yaxshiroq o‘ynaydi. Hammasi yaxshi bo‘ladi”, – deya o‘z fikrlarini bildirdi Peti.
Fikrlar