
Petr Chex markaziy uchrashuvni qo‘yib yuboradi
“Arsenal” darvozaboni Petr Chex “Vest Bromvich”ga qarshi (1:3) kechgan Angliya chempionati 29-turida jarohat olgan edi.
34 yoshli posboni tizzasidan jarohat olgan va uning safga qaytish muddati hamon aniq emas. Ingliz nashrilarining qayd etishicha, darvozabon jarohati tufayli “Manchester Siti”ga qarshi APL 30-turini qo‘yib yuboradi.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yin 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar