
"Barselona" futbolchisi klubni tark etishga rozi
"Barselona" safida to‘p surayotgan Ansu Fati yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Unga ko‘ra, Fatini "Monako" klubi sotib olishga tayyor va futbolchining o‘zi ham bu transferga rozi. Hozirda klublar o‘zaro transfer summasi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Frantsuzlar hujumchi uchun 20 million evrodan kamroq to‘lashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi joriy mavsumda kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda jami 11 o‘yinda maydonga tushdi. Ansu ushbu o‘yinlarda gol urmagan va golli uzatma ham bermagan.
Fikrlar