Petr Chex mavsum yakunlangach faoliyatini tugatadi

  • 15 yanvar, 2019, 16:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi darvozaboni Petr Chex joriy mavsum faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini aytdi.

“Bu mening professional futbolchilik faoliyatimdagi 20-mavsumim. Men mavsum oxirini faoliyatimni yakunlaganim haqida e’lon qilish uchun eng to‘g‘ri vaqt deb his qilyapman.

Men nimani xohlagan bo‘lsam, ularning hammasiga erishdim. Premer-ligada 15 mavsum to‘p surib, yutish mumkin bo‘lgan barcha narsani qo‘lga kiritdim”, - deydi chexiyalik posbon.

Ma’lumot uchun, Petr Chex o‘zining professional faoliyatini 1999 yilda Chexiyaning “Xmel” klubida boshlagan. Shundan so‘ng u “Sparta”, “Renn”, “Chelsi” va “Arsenal” klublarida to‘p surdi.

36 yoshli darvozabon faoliyati davomida 4 marta Angliya chempioni, 5 marta Angliya kubogi va 3 marta Angliya liga kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, bir martadan Chempionlar ligasi va Evropa ligasida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!