
Petr Chex nima sababdan "Arsenal"ga o‘tganini aytdi
Londonning “Arsenal” klubi darvozaboni Petr Chex nima sabab “kanonirlar” safiga o‘tgani haqida aytib o‘tdi.
“Arsenal” hech qachon Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan. Bu jamoaga o‘tishimning asosiy sabablardan biri. Men “Chelsi” bilan deyarli barcha musobaqalarni yutdim va “Arsenal” bilan ham huddi shu natijalarni takrorlashni istadim. Bu maqsad meni haligacha ruhlantirib keladi. Men har kuni mashg‘ulotlarda qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Men imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q deb hisoblayman”, - deydi chexiyalik posbon.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli darvozabon joriy mavsum APLda jami 30ta uchrashuvda ishtirok etgan va shularning 10tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan.
Fikrlar