
Pitstsi: Oldingi natijalar tarixda qoldi, biz kuchli ekanligimizni isbotlashimiz kerak
Chili terma jamoasi bilan 2016 yilgi Amerika kubogida g‘olib chiqqan, hozirda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga ustozlik qilayotgan Xuan Antonio Pitstsi Osiyo kubogi-2019 ning ilk turida KXDRga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Barcha musobaqlar bir-biridan farq qiladi. O‘ylashimcha, ertangi o‘yin bizning o‘z o‘yin uslubimizni namoyish etib, g‘alaba qozonishimiz uchun yaxshi imkoniyat. Termamizning oldingi qit’a birinchiliklaridagi natijasi ertangi o‘yinga aloqador emas.
Men o‘zim duch kelgan har bir raqibni hurmat qilganman va bunda tarix ahamiyatga ega emas. Chunki siz raqibdan kuchli ekanligingizni isbotlashingiz kerak bo‘ladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar