Plyaj futboli: O‘zbekiston jahon reytingida 1 pog‘ona yuqoriladi

  • 4 iyul, 2017, 14:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Plyaj futboli bo‘yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 169 ochko bilan jahon reytingida 59-pog‘onadan joy oldi.

O‘zbekiston termasi avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 1 pog‘ona ko‘tarildi. Osiyo mintaqasi terma jamoalari orasida O‘zbekiston 11-o‘rinda qoldi. OFKga a’zo mamlakatlar reytingida  Eron termasi 3208 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo‘lsa, Yaponiya (1759) va BAA (1425) kuchli uchlikka joylashdi.

OFKga a’zo mamlakatlar reytingining dastlabki 15 pog‘onasi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1 (3). Eron – 3208 ochko

2 (9). Yaponiya – 1759 ochko

3 (10). BAA – 1425 ochko

4 (14). Ummon – 1086 ochko

5 (23). Livan – 711 ochko

6 (35). Tailand – 458 ochko

7 (41). Xitoy – 375 ochko

8 (45). Bahrayn – 311 ochko

9 (46). Vetnam – 296 ochko

10 (52). Afg‘oniston – 235 ochko

11 (59). O‘zbekiston – 169 ochko

12 (60). Qatar – 160 ochko

13 (70). Malayziya – 102 ochko

14 (78). Iroq – 86 ochko

15 (83). Laos – 76 ochko

Izoh: Qavs ichida terma jamoalarning dunyo reytingidagi o‘rni ko‘rsatilgan

Braziliya 4658 ochko bilan plyaj futboli bo‘yicha jahon reytingida peshqadamlikni saqlab qoldi. Portugaliya 3751 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Osiyo peshqadami Eron dunyo reytingida kuchli uchlikka kirdi.

Ma’lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil iyul oyidan 2017 yil iyun oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!