Plyaj futboli: O‘zbekiston jahon reytingida o‘z o‘rnini saqlab qoldi

  • 4 avgust, 2017, 10:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Plyaj futboli bo‘yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 169 ochko bilan jahon reytingida 59-pog‘onani saqlab qoldi.

Osiyo mintaqasi terma jamoalari orasida O‘zbekiston 11-o‘rinni band qilib turibdi. OFKga a’zo mamlakatlar reytingida  Eron termasi 3156 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo‘lsa, Yaponiya (1730) va BAA (1418) kuchli uchlikdan joy oldi.

OFKga a’zo mamlakatlar reytingining dastlabki 15 pog‘onasi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1 (3). Eron – 3156 ochko

2 (8). Yaponiya – 1730 ochko

3 (10). BAA – 1418 ochko

4 (15). Ummon – 1041 ochko

5 (23). Livan – 726 ochko

6 (37). Tailand – 428 ochko

7 (43). Xitoy – 315 ochko

8 (44). Bahrayn – 311 ochko

9 (47). Vetnam – 276 ochko

10 (52). Afg‘oniston – 235 ochko

11 (59). O‘zbekiston – 169 ochko

12 (60). Qatar – 160 ochko

13 (70). Malayziya – 102 ochko

14 (77). Iroq – 86 ochko

15 (82). Laos – 76 ochko

Izoh: Qavs ichida terma jamoalarning dunyo reytingidagi o‘rni ko‘rsatilgan

Braziliya 4570 ochko bilan plyaj futboli bo‘yicha jahon reytingida peshqadamlikni saqlab qoldi. Portugaliya 3313 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Osiyo peshqadami Eron dunyo reytingida kuchli uchlikka kirdi.

Ma’lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil avgust oyidan 2017 yil iyul oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!