Pogba Evrani qo‘llab-quvatladi

  • 1 dekabr, 2017, 18:00
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba o‘z vatandoshi Patris Evrani qo‘llab-quvatladi. Bunga sabab, 36 yoshli futbolchi uchrashuvdan so‘ng bir muxlisni do‘pposlagani va mavsumning oxiriga qadar diskvalifikatsiyaga uchraganidir.   

Tecno

- Hech kimga sir emas, Patrisning imiji bu muammolardan oldin ham yuqori darajada emas edi, ammo u men uchun ajoyib inson.

Shuni aytishim kerakki, Evra futbolchilar va xodimlarlardan o‘z yordamini ayamaydi, hattoki zaxirada bo‘la turib bu futbolchi hammani qo‘llab-quvatlaydi va ilhom bag‘ishlaydi. U kiyinish xonasida ham jamoaga murojaat qilishni va qanday tarzda ruxlantirishni biladi.

“Mendan ko‘ra yaxshiroq o‘yin ko‘rsatkin, men tarkibda o‘ynashni xoxlamayman”- kabi so‘zlar bilan yoshlarni taraqqiyotiga o‘z xissasini qo‘shadigan futbolchilardan biridir, - deydi Pogba goal.com nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, yaqinda “Marsel” klubi Evra bilan o‘z shartnomasini bekor qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!