
Pogba MYu yoshlari safida shug‘ullanishni boshladi
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba jarohatidan so‘ng tiklanish mashg‘ulotlarini boshlab yubordi. ESPN FC xabariga ko‘ra, Pogba yoshlar jamoasi safida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Frantsiyalik futbolchi sentabr oyida olgan jarohati bois, jamoasining so‘nggi 12 bahsini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
24 yoshli futbolchi bilan birga, Markos Roxo hamda Maykl Karriklar ham ayni damda yoshlar bilan mashg‘ulotlar olib borishmoqda.
Fikrlar