Pogba va Marsyal "Lester"ga qarshi o‘yinda MYuga yordam bera olishadi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa etakchilari hisoblangan Pol Pogba va Antoni Marsyallar APLning 25-turida “Lester”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishi mumkinligini aytib o‘tdi.
“Biz “Byornli”ga qarshi o‘yindan so‘ng to‘liq mashg‘ulot o‘tkazmadik. Umid qilamanki ularning ikkalasi ham yaxshi holatda. Pol ham Antoni ham “Lester”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi”, - norvegiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Lester” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi 3 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar