Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi: Orzularimiz amalga oshmadi

  • 25.06.2018 18:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Adam Navalka JCh-2018 guruh bosqichi doirasida Kolumbiyadan 0:3 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.

- Jahon chempionati borasida orzularimz va rejalarimiz amalga oshmadi, biz oldimizga qo‘yilgan maqsad sari bor kuchimizni sarfladik, biroq biz uyga ketishga majburmiz. O‘zimiz xohlaganchalik o‘ynay olmadik deb o‘ylayman shu sababdan mag‘lubiyatga uchradik. Kolumbiya terma jamoasi bizdan kuchli ekanligini isbotlab berdi, - deya Navalkaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!