Povetkin keyingi jangini aprel oyida o‘tkazadi

  • 5 fevral, 2019, 19:49
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin keyingi jangini aprel oyida Buyuk Britaniya yoki AQShda o‘tkazishi mumkin. U bu haqda jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Keyingi jang kim bilan bo‘lishini bilmayman. Jang aprelda bo‘lishi kerak. Joy Angliya yoki AQSh bo‘ladi. Menejerlar muzokaralar olib bormoqda, ko‘ramiz, ular nima deyisharkan, – deydi 39 yoshli sportschi.

Reyting bo‘yicha raqib kim bo‘lishini aytish qiyin, – deydi bokschi bo‘lajak raqibi haqida. – Yaqinda elkamdan operatsiya qilindim. Hozir meni bezovta qilmayapti. Ishlashda davom etaman g‘alaba qozonishga harakat qilaman.

Eslatib o‘tamiz, sentyabrda rossiyalik bokschi britaniyalik Entoni Joshuadan 8-raundda texnik nokaut qabul qilib, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Butunjahon boks tashkiloti (WBO) va Butunjahon boks federatsiyasi (IBF) jahon chempionligi kamarlarini qo‘lga kirita olmagan edi.

Povetkin 2004 yilgi Olimpiada chempioni va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) sobiq muntazam chempioni bo‘lgan. Uning hisobida 34 g‘alaba (24 nokaut) va 2 mag‘lubiyat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!