Poytaxtimizdagi professional janglarda qatnashadigan sportchilarimizning raqiblari ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 9 fevral kuni Toshkent shahri universal jang san’ati bo‘yicha professional janglar tashkil qilinadi.

Toshkent davlat tsirkida tashkil qilinadigan universal jang san’ati bo‘yicha musobaqada yurtimizning eng kuchli sportchilari xorijdan tashrif buyuradigan jangchilar bilan bellashadi. Hozirda ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar bilan Tojikiston va Rossiya vakillari ishtirok etishi aniq bo‘lgan.

Ushbu kechaning asosiy janglaridan birida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev ishtirok etadi. Hozircha sportchimizning raqibi aniq emas va bu borasida muzokaralar ketmoqda.

Shuningdek, hamyurtlarimiz Sirojiddin Ergashev (85 kg), Azamat Nutfullaevning (+90 kg) ham raqiblari noma’lum bo‘lib turibdi.

Qolgan juftliklar bilan tanishing:

60 kg: Iskandar Mirzaev (O‘zbekiston) – Jahongir Najmiddinov (O‘zbekiston)

65 kg: Qahramon Avezov (O‘zbekiston) – Alisher Karimov (Tojikiston)

70 kg: Ilhom Arslonov (O‘zbekiston) – Umed Boboev (Tojikiston)

80 kg: Jo‘rabek Qobilov (O‘zbekiston) – Roman Bulgakov (Rossiya)

80 kg: Nursulton Ro‘ziboev (O‘zbekiston) – Raqib aniq emas

85 kg: Sirojiddin Ergashev (O‘zbekiston) – Raqib aniq emas

90 kg: Azamat Nutfullaev (O‘zbekiston) – Raqib aniq emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!