
Pro-liga. “Andijon” nazorat bahsida “Nurafshon” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Pro-ligada qisqa tanaffus yuzaga kelgan. Bundan unumli foydalanishni maqsad qilgan “Andijon” jamoasi ayni damda Chirchiqda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Burgutlar” kecha Pro-liganing “B” guruhidi ishtirok etayotgan Toshkent viloyatining “Nurafshon” klubiga qarshi o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdi. Gollarga boy kechgan bahsda “Andijon” 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
O‘rtoqlik o‘yini.
“Andijon” – “Nurafshon” 4:1
Gollar: Farruh Shotursunov, 14. - Shahboz Jumaboev, 28, 43. Davron Isoqov, 87. Nodir Mavlonov, 89.
Fikrlar