
Pro-liga. "Surxon" Toshkentda "Nurafshon" va "Mash’al"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Pro-ligada yuzaga kelgan qisqa muddati tanaffusdan ko‘plab jamoalar unumli foydanalanishib, mavsumning qolgan qismiga puxta tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda.
Jumladan, Toshkentda o‘z o‘quv - yig‘inini davom ettirayotgan “Surxon” klubi yana 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra termizliklar dastlab 28 iyul kuni "Nurafshon"ga qarshi bahs yuritishsa, ertasiga 29 iyul kuni "Mash’al"ga qarshi maydonga tushishadi.
Eslatib o‘tamiz, Igor Shkvirin boshchiligidagi "Surxon" bundan avvalgi 2ta o‘rtoqlik o‘yinida dastlab "Xorazm" bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, keyin "Norin"ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar