Pro-liga. "Surxon" ertaga "Xorazm" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 20 iyul, 2018, 09:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda Pro-ligada yuzaga kelgan qisqa muddati tanaffusdan ko‘plab jamoalar unumli foydanalanishib, mavsumning qolgan qismiga puxta tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda.

Tecno

Jumladan, Toshkentda o‘z o‘quv - yig‘inini davom ettirayotgan “Surxon” klubi 21-iyul kuni Xorazmning "Xorazm" jamoasiga qarshi o‘zaro nazorat bahsida maydonga tushadi.

Uchrashuv poytaxtimizdagi "Milliy" (avvalgi Bunyodkor) stadionning sun’iy qoplamali maydonlaridan birida bo‘lib o‘tadi. Hozircha uchrashuvning boshlanish vaqti ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Igor Shkvirin boshchiligidagi jamoa ayni damda Pro-liganing “A” guruhida “Mash’al” va “Andijon” bilan bir xil ochko to‘plagan holda jadvalda etakchilik qilmoqda.

21.07.2018 O‘rtoqlik uchrashuvi.

"Surxon" - "Xorazm"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!