
Pro-liga pley-off. Bugun “Mash’al” “Sherdor”ni sinovdan o‘tkazadi
Bugun Toshkentda Pro-liganing "A" va "B" guruhi peshqadamlari o‘zaro pley-off uchrashuvini o‘tkazishadi. Dastlab, muxlislar “Mash’al” – “Sherdor” bahsiga guvoh bo‘lishsa, ertaga “Istiqlol” – “Nurafshon” o‘yini bo‘ladi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra Pro-liganing “A” guruhida ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar, ya’ni “Mash’al” va “Istiqlol” Superliga yo‘lidagi kurashni davom ettirish uchun “B” guruhining birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan “Nurafshon” va “Sherdor” jamoalari bilan kuch sinashadi.
Ushbu juftliklar g‘olibi esa mos ravishda Superliganing 10- va 11- pog‘onalarini band etgan klublarga qarshi maydonga tushishadi.
Pro-liga / pley-off, 26 noyabr (dushanba)
14:00 - “Mash’al” (Muborak) – “Sherdor” (Samarqand)
Toshkent viloyati. “Do‘stlik” stadioni.
Pro-liga / pley-off, 27 noyabr (dushanba)
14:00 - “Istiqlol” (Farg‘ona) – “Nurafshon” (Toshkent vil.)
Olmaliq. AGMK stadioni.
Fikrlar