Professional bokschilarimiz g‘alaba qozonishdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks kechasida uch nafar professional bokschimiz ringga ko‘tarilishdi.
Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Ravshanbek Umurzoqov faoliyatidagi beshinchi jangini Keli Figueroaga (12-2-3) qarshi o‘tkazdi va navbatdagi g‘alabasini nishonlagan bo‘lsa, debyut jangini o‘tkazgan Mahmud G‘oipov tanzaniyalik Iddi Mkvera bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli kechgan jangda hamyurtimiz raqibini bir necha marta nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. 3-raundga kelib, Mahmudning zarbalariga dosh bera olmagan afrikalik bokschi nokautga uchradi.
Yana bir jangda Sherzod Yo‘ldoshev (3-2-0) debyutant Muhammad Sheyxovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar