Professional bokschilarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazishdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional bokschilar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqada hamyurtlarimizdan Mirzohidjon Abdullaev va Sharobiddin Jo‘raxonov ringga ko‘tarildi.
Joriy yilning aprel oyida professional faoliyatini boshlagan bokschimiz Mirzohidjon Abdullaev uchinchi jangini rossiyalik debyutant Eduard Zaripovga qarshi o‘tkazdi. 4 raund etib belgilangan jang yakunlariga ko‘ra, hayurtimiz bir ovozdan g‘olib deb topildi. Bungacha u ikkita jang o‘tkazib, ikkalasida ham zafar quchgan.
> Ikki nafar bokschimiz professional faoliyatini nokaut bilan boshladi
Yana bir bokschimiz Sharobiddin Jo‘raxonov (2-3-1, KO2) faoliyatidagi jangini rossiyalik Vladislav Krasnosheinga (2-0-1, KO2) qarshi o‘tkazib, qiziqarli va murosasiz kechgan to‘qnashuvda durang qayd etildi.

Fikrlar