Promes "Sevilya"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Ispaniyaga jo‘nab ketdi

  • 30 avgust, 2018, 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Spartak" klubi forvardi Kvinsi Promes "Sevilya"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Ispaniyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda El diario de Sevilla nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 26 yoshli gollandiyalik futbolchi kecha kechki payt Moskvadan uchib ketgan. Bugun u andalusiyaliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi. Shundan so‘ng “Sevilya” ushbu transfer haqida rasman e’lon qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra “Spartak” ushbu transfer uchun ispan klubidan 20 million evro oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!