Pulishich mavsum yakunlangach "Chelsi"ga o‘tmoqchi

  • 16.12.2018 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich mavsum yakunlangach “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda 20 yoshli AQShlik futbolchi “aristokratlar” safiga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Uning transferi esa londonlikiklarga taxminan 68 mln evroga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pulishichga “Tottenxem”, “Bavariya” va PSJ kabi grandlardan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning dortmundliklar bilan kelishuvi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!